Обложка канала

Xudoyberdi To'ychiyev. Страница 2

Yosh ijodkor Xudoyberdi To'ychiyevning official kanali

  • Xudoyberdi To'ychiyev

    Амир ХУДОЙБЕРДИ

    ***
    Шоир ёлғиз кезар хиёбон аро
    Хазонларга қадаб ҳорғин кўзларин.
    Гавжум давраларни согинар, аммо
    Иблисга сотилиб кетган дўстлари...
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🐶#It 🤝#Dost 🔥#Vafodor

    Itlar odamlarga shunchalik sodiqdirki, ba’zida odamlar o‘zi shunga arzirmikan, degan shubha uyg‘onadi.
    Shunday ekan bilasizmi,
    Nima uchun it vafodorlikning namunasi, deb hisoblanadi? Chunki u o‘zi kabi itlarga emas, odamlarga vafodor!😢

    Seningdek vafoli do'stim yo'q ekan.
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    Bugun chiroyli sana☺️
    21.01.2021
  • Реклама

  • Xudoyberdi To'ychiyev

    #Otaona #Отаона #IbratVaqti

    Ota-onalarni madh etsak avvalo,
    Ta'rifiga ojiz kalom yetarmikin.
    Yaratganning mo'jizasidir bebaxo,
    Bu dunyoda Yolg'iz haqiqat va tanxo,
    Ota-ona kabi Aziz zot bormikin
    ?...

    🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂
    Ota-ona hayotda aslo ikki marta takrorlanmaydigan kishidir😞
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    💥 Yaratgan egam barchamizga o'zi to'g'ri yo'l ko'rsatsin.
    Yoxud hech Kim kechikkanlar qatorida bo'lib qolmasin🤲.
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    📖#Ilk_Ijodim 💥#Ota_ona_haqida

    Sheʼriyat soxasiga ilk qadamlarim 2015-yil🙂.
    Kecha oqshom kampyuter titkilab topvoldim😉.
    Baribir birinchi na'muna kamchiliklar bilan deganlaridek, kamchiliklarga boy.
    Ayniqsa manabu she'r ota-ona mavzusiga romantik fon😂! Balkim sevgi deganda ota-ona sevgisini tushunganmanmi😉.

    Videoni bu yerda t-sha qiling:👇
    https://youtu.be/bWXf5-Msm3E
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🕊Ijodga #ilk qadamlar🕊
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    🤔Buncha ilhom 🥰qayerdan kelgan ekan-a o'sha paytla😂
    .

    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🌸#Bahor_havosini
    🌷#bahor_tafti_bilan


    Sog'indik biz seni baxor yillari,
    Sevgimizga guvoh jiyda gullari.

    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    Kelarmikan.

    Eslaganda bag'rim tilar,
    Senla shirin xotiralar,
    Ayt unutib bo'larmikin?
    Bizdan yiroq ketgan baxor,
    Yana qayta kelarmikin.

    Og'ir sinov kunni boshlab
    Dilda o'chmas azob tashlab
    ketganini Bilarmikin?
    Sog'inchlarga yakun yasab
    Bizni yo'qlab kelarmikin?

    Taqdir bergan Sinovlarning
    Bunchalar ham keti uzun
    Bizga atalgan, Biz uchun
    Taqvimdagi eng go'zal kun.
    Yana qayta kelarmikin.

    Dilda qancha orzular bor,
    Turfa o'ylar berar ozor.
    Javobsiz qiynar savollar;
    Baxt qushi qo'nib, shamoli,
    Boshimizdan silarmikin...


    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ​SAVDO

    Dunyoda yo'q mening baxtimdek qaro,
    Yuragim tirnalgan,yuragim yaro,
    Balolarga soldi ayriliq,aro,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    Yoningga boraymi,Yo ortga qaytay,
    Yuragim dardini kimlarga aytay,
    Bo'lmagan meningdek,so'ng ham bo'lmagay,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    Dardimga davo,deb qay tabib boray,
    Qo'limda hanjar-u birisida may,
    Oldin sarhush bo'lay,mayli so'ng o'lay,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    Ko'zlarim yumilmas,qarog'ida sen,
    Yuragim alahsir - so'rog'ida sen,
    Men buyon,qirg'oqning uyog'ida sen,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    So'rama kechishim,kechmoqdan ko'ra,
    Yurakda titragan jonimni so'ra,
    Adoman vaslingga intizor bo'la,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    Titraydi hushlarim kuz yaprog'ida,
    Sen bahor faslida,qish yirog'ida,
    Qoldik yurak birla dard qaynog'ida,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    Yoningga boraymi jonimni olib,
    Ketmagin sen meni dardlarga solib,
    Men mag'lub sevgida,na bo'lding g'olib,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    Qalbimda tong otmas,kirmaydi sahar,
    O'rtansam dilimda tomganday zahar,
    Baxtli bo'l mayliga ey huri paykal,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    Sevmoq shu bo'ldimi,sevilmoq axir,
    Ishq shuncha baxilmi,shuncha toshbag'ir,
    Ko'nmadim shul bo'lsa agar bu taqdir,
    Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

    ✍Hasanxon Mirzo
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🦢#Qutulamanmi 🕊#Sokin

    Kulib yursamda yora, yuragim pora-pora,
    Shod ko'ringan niqobim yechsam qutulamanmi?


    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🔖#UstozlarIzidan 🔗#Xotira

    Afsussiz egilgan boshlarda,
    Tim qora quyilgan qoshlarda.
    Armonsiz ko'zdagi yoshlarda,
    Unutmoq osonmas sizlarni😔...

    Umrimiz boqiy xotirangiz ela hamohang.
    Siz hamisha qalbimizdasiz aziz ustozlar!

    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    #Taziya

    O'zbek san'ati og'ir judolikka uchradi.
    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist,
    Dovudiy ovoz sohibi, "Lazgi" ansamblining va Xorazm san'atining ustunlaridan biri bo'lgan ustoz Sa'natkor RAXMATJON QURBONOV bu yorug' olamni tark etdilar.
    Ustozning oxiratlari obod, joylari JANNATDAN bo'lsin !!!


    Inna lillahi va inna ilayhi rojiun🤲.
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ✨Aytolmadim (Yoxud Juratsiz Oshiq)✨

    Unga bo'lgan tuyg'ularim etib oshkor,
    Yurakdagi So'z gavhari ichra bir bor.
    Sevgim uchun afsus jurat etolmadim,
    Uni qattiq sevishimni aytolmadim.

    Ishqi ela garchi devonadan Farqim,
    Bo'lmasada fursat yetganda Bo'ldim jim.
    Ko'ksimdagi otashin ishq borliq haqqi.
    Yurak yutib hatto bir so'z deyolmadim.
    Exx attangg-a Sevaman deb aytolmadim.

    Naxot ayriliqning ma'sum oni yetdi;
    Oshiqlikning ham farzi ham Burchim edi.
    Yopiq qozon yopiqlikcha qolib ketdi.
    Indamadim qo'lin tutib qololmadim.
    Ming afsuski Sevaman deb aytolmadim.
    ..

    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🪁#Shunchaki 🎡#Mushohada

    Unuta olmaysiz...
    Yig'laysiz...
    Sog'inasiz...
    Kutasiz...
    Kelmasligini bilsangizda kutaverasiz.
    Yig'laysiz...
    Bir oz o'zingizga kelasiz.
    Kunlar, oylar, yillar o'tadi.
    Zinhor va zinhor unutdim demang, chunki hech qachon unutolmaysiz.
    Bu shunchaki ko'nikish xolos.....
    #qalb va #aql.
    Hech shu ikkisini o'rtasida arosatda qolganmisiz.?
    Bu eng yomoni, yani arosat.
    Baribir ikkisidan biri zarba beradi.


    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    Qo'lga olsam yig'laydi qalam...

    Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
    Istamasdim ammo o'zim ham.
    Mungli faryod notanish bir dard
    Nogoh qo'lga tutqazdi qalam.

    Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
    Shu boisi qiladi alam.
    Kuygan bo'lsang menda ne ayb?
    Der; qiynama qo'ygin meni ham.

    Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
    Vujudimda bir nimadir kam.
    Meni aldab sekin Bildirmay
    ko'zlarimda urmalaydi nam.

    Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
    O'zim bilan Yolg'izman shul dam,
    Fursat poylab turfa hayollar
    Yonginamda bo'lishdilar jam.

    Qo'lga olsam yig'laydi qalam
    Nega parishonman chekib g'am
    Javobini asli o'zim ham.
    To'g'risi ne uchun bilmasam.


    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Реклама

  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ​Qo'ngiroq qilaman yuragingizga…

    Tutqun tuyg'ularni ozod etar tun,
    Mot qilib hayotning hakamlarini.
    O'tlik nafasingiz eshitmoq uchun,
    Izlayman qalbingiz raqamlarini.

    Ismingiz chiqadi yurak qatidan,
    Ijobat istayman tilagingizga.
    Ko'ksimga ilingan go'shak-g'am bilan,
    Qo'ngiroq qilaman yurangizga.

    Tun-bedor, men betin, tuyg'u toliqqan,
    Axir o'chgani yoq tunchirog'ingiz
    Bo'g'zimga savollar keladi shoshqin,
    Nega band bo'ladi qo'ng'irog'ingiz?

    Doim band bo'ladi qo'ng'irogingiz,
    Kiprikka qo'nadi achchiq shabnamlar.
    Yana kimni ado qildi dog'ingiz,
    Yana kimga ayon o‘sha raqamlar?

    Tunning bag'rin yorib yonaman endi,
    Hajringiz yoritsin tunni bir lahza.
    Ayting, men bezovta qilurman kimni,
    Axir menda boshqa raqam bo'lmasa…              
    Madina #𝑝𝑡𝑒𝑛𝑐ℎ𝑖𝑘
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🔖#Yashash 🧬#Pozitiv

    𝘖𝘴𝘰𝘯 𝘺𝘢𝘴𝘩𝘢𝘺 𝘥𝘦𝘴𝘢𝘯𝘨𝘪𝘻 𝘮𝘢𝘴𝘭𝘢𝘩𝘢𝘵𝘪𝘮 𝘰𝘭𝘷𝘰𝘭𝘪𝘯𝘨,
    𝘖'𝘻𝘪𝘯𝘨𝘪𝘻𝘯𝘪 𝘰𝘻𝘨𝘪𝘯𝘢 𝘫𝘪𝘯𝘯𝘪𝘭𝘪𝘬𝘬𝘢 𝘴𝘰𝘭𝘷𝘰𝘭𝘪𝘯𝘨,
    𝘠𝘢𝘴𝘩𝘢𝘴𝘩𝘨𝘢 𝘦𝘮𝘢𝘴 𝘣𝘪𝘻𝘯𝘪 𝘪𝘮𝘵𝘪𝘩𝘰𝘯𝘨𝘢 𝘵𝘢𝘴𝘩𝘭𝘢𝘣𝘥𝘶𝘳,
    𝘗𝘪𝘳𝘪𝘮 𝘰'𝘴𝘩𝘢 𝘬𝘰𝘷𝘶𝘴𝘩𝘴𝘪𝘻 𝘥𝘦𝘷𝘰𝘯𝘢𝘺-𝘪 𝘔𝘢𝘴𝘩𝘳𝘢𝘣𝘥𝘶𝘳.


    𝚃𝚒𝚔𝚘𝚗 𝚝𝚒𝚔𝚘𝚗, 𝙶𝚞𝚕 𝚐𝚞𝚕𝚍𝚒𝚛,
    𝚑𝚊𝚛 𝚗𝚊𝚛𝚜𝚊 𝚘'𝚣 𝚡𝚘𝚕𝚒𝚌𝚑𝚊,
    𝙰𝚣𝚒𝚣𝚕𝚊𝚛𝚒𝚖 𝚍𝚞𝚗𝚢𝚘𝚗𝚒 𝚀𝚊𝚋𝚞𝚕 𝚚𝚒𝚕𝚒𝚗𝚐 𝚋𝚘𝚛𝚒𝚌𝚑a. Ⓜ️ Mashrab
    ▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ...✨𝐒𝐨𝐠'𝐢𝐧𝐜𝐡 𝐒𝐨𝐡𝐢𝐥𝐢✨...

    𝘖𝘲𝘴𝘩𝘰𝘮 𝘬𝘪𝘳𝘥𝘪, 𝘺𝘰𝘨'𝘪𝘭𝘢𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳 𝘢𝘻𝘰𝘣𝘭𝘢𝘳,
    𝘒𝘰'𝘬𝘴𝘪𝘮𝘨𝘢 𝘵𝘪𝘨' 𝘴𝘢𝘯𝘤𝘩𝘢𝘷𝘦𝘳𝘢𝘳 𝘮𝘢'𝘴𝘶𝘮 𝘥𝘢𝘳𝘥𝘭𝘢𝘳,
    𝘉𝘪𝘳-𝘣𝘪𝘳𝘪𝘯𝘪 𝘪𝘴𝘵𝘢𝘣 𝘴𝘰𝘨'𝘪𝘯𝘨𝘢𝘯𝘥𝘢 𝘘𝘢𝘭𝘣𝘭𝘢𝘳,
    𝘚𝘦𝘯 𝘣𝘦𝘹𝘢𝘣𝘢𝘳 𝘲𝘰𝘭𝘥𝘪𝘯𝘨𝘮𝘪 𝘺𝘰 𝘣𝘪𝘭𝘮𝘢𝘥𝘪𝘯𝘨𝘮𝘪?

    𝚈𝚘 𝚓𝚒𝚖𝚐𝚒𝚗𝚊 𝚌𝚑𝚎𝚝𝚍𝚊 𝚝𝚞𝚛𝚒𝚋 𝚢𝚒𝚐'𝚕𝚊𝚍𝚒𝚗𝚐𝚖𝚒?...
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
    ▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
    Telegram | Instagram | You tube