Обложка канала

Xudoyberdi To'ychiyev

Yosh ijodkor Xudoyberdi To'ychiyevning official kanali

Xudoyberdi To'ychiyev

6 лет назад
Открыть в
​SAVDO

Dunyoda yo'q mening baxtimdek qaro,
Yuragim tirnalgan,yuragim yaro,
Balolarga soldi ayriliq,aro,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

Yoningga boraymi,Yo ortga qaytay,
Yuragim dardini kimlarga aytay,
Bo'lmagan meningdek,so'ng ham bo'lmagay,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

Dardimga davo,deb qay tabib boray,
Qo'limda hanjar-u birisida may,
Oldin sarhush bo'lay,mayli so'ng o'lay,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

Ko'zlarim yumilmas,qarog'ida sen,
Yuragim alahsir - so'rog'ida sen,
Men buyon,qirg'oqning uyog'ida sen,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

So'rama kechishim,kechmoqdan ko'ra,
Yurakda titragan jonimni so'ra,
Adoman vaslingga intizor bo'la,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

Titraydi hushlarim kuz yaprog'ida,
Sen bahor faslida,qish yirog'ida,
Qoldik yurak birla dard qaynog'ida,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

Yoningga boraymi jonimni olib,
Ketmagin sen meni dardlarga solib,
Men mag'lub sevgida,na bo'lding g'olib,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

Qalbimda tong otmas,kirmaydi sahar,
O'rtansam dilimda tomganday zahar,
Baxtli bo'l mayliga ey huri paykal,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

Sevmoq shu bo'ldimi,sevilmoq axir,
Ishq shuncha baxilmi,shuncha toshbag'ir,
Ko'nmadim shul bo'lsa agar bu taqdir,
Boshimda ishqingdin tuganmas savdo.

✍Hasanxon Mirzo
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Telegram | Instagram | You tube | Web