Bahor valsini eshetsam yuragimni allaqanday o'zgacha bir Xis-tuyg'ular cho'lg'ab oladi. Ko'z oldimda shu ondayoq go'yoki ertaknamo tabiat manzaralari, gullar, har tomondan xo'shbo'y iforlar keyiniga milliy libosdagi qizlar xayolimda tasvirlanadi. Buni so'z-ku so'z, nafaqat na rasm na video bilan ifodalash mumkin. Bu shunchaki ajoyib fantaziya. Gohida shu bekorchi fantaziyalardan ham bezor bo'larkansan. Soat 2 bo'ldi Uxlaa deydigon yo'q😂
Haa mayli na bo'lsa yaxshilikka. ishqilib yangi ijod na'munamiz tayyor😉.
***Taqdir* * * *M* Bevafo deb atabsiz meni, Bevafolik menga begona. Kurashmagan sevgimiz uchun, Aslida bu bitta bahona. *X* Qiynasada hijron-u sog'inch, Bevafo deb atamadim hech, Indolmadim qildim lek ilinj Naxot endi bo'ldi juda kech? *M* Har tong turib sovchilarini, Yuborar deb kutgandim axir. Hayot meni boshqa birovga, Nasib etsa shu ekan taqdir. *X* Ne ko'rdimki dunyoga kelib, Naqadar bu ayanchli qismat, Qoldim yolg'iz qalbim yemrilib Qo'lda suratingiz termulib. *M* Sevaman deb aytolmadingiz, Yig'olmasdan jur'atingizni. Menku hamon asrab yuribman, Kulib tushgan suratingizni. *X* Shu on jurat topa olmadim, Exx men sodda aytmay dil so'zni, Istamayman, qo'ldan boy berdim , Naxot sizni, va sevgimizni... ...*M*... Yana vafosiz deb atamang, Bevafolik menga begona. Kurashmagan sevgimiz uchun, Aslida bu bitta bahona... *X* Zinxor aytmam; Mensizlikka balki qalbingiz, Osongina chidadi ko'ndi. Qandoq yashayin tor dunyoda, Bekasi yo'q sevgimla endi...
Umrim misli edi bir shisha Parcha-parcha bo'ldiy-u sindi.
Shisha ichra mening hayotim, Siniq ela tuproqqa Indi...
Kel sevgiga oshno etgin-u ko'ngilni, Jo'shqin yuragingla borliq baxtin tuygin, Muxabbatim ramzi ushbu nozvoygulni. Qulog'ingni chakkasiga taqib qo'ygin.
Toki samimiy sof Tuyg'u va nafislik, Qalqib tursin ko'zlaringda mexr aksi, Iforingingni shaydoyingga sochgin ammo, Lek umiding hech so'lmasin gullar kabi.
Qulog'i tishlangan chandiq qiz belgili, Derlar; oqshom ko'rsam edim yulduzimni, Sexrli tunning yarmida va yonida, Quloq chakkasi gul ela gulyuzimni🥰...
Hayot judayam qiziq. Chunki bir xil emas. Xattoki baxtli kunlardan ham zerikar ekansan odam. Bir kun yaxshi bir kun yomon. Bahor,yoz,kuz,qish. Fasllar ham almashar har on. Ba'zan biz kutgan yaxshi kunlar judayam kuttirib yuboradi. Xayotning asli mag'zi esa asli shu demakdir. 📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 -🌐Подписаться ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ Telegram | Instagram | You tube | Web