Qo'lga olsam yig'laydi qalam...
Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
Istamasdim ammo o'zim ham.
Mungli faryod notanish bir dard
Nogoh qo'lga tutqazdi qalam.
Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
Shu boisi qiladi alam.
Kuygan bo'lsang menda ne ayb?
Der; qiynama qo'ygin meni ham.
Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
Vujudimda bir nimadir kam.
Meni aldab sekin Bildirmay
ko'zlarimda urmalaydi nam.
Qo'lga olsam yig'laydi qalam,
O'zim bilan Yolg'izman shul dam,
Fursat poylab turfa hayollar
Yonginamda bo'lishdilar jam.
Qo'lga olsam yig'laydi qalam
Nega parishonman chekib g'am
Javobini asli o'zim ham.
To'g'risi ne uchun bilmasam.
📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Telegram | Instagram | You tube | Web