Обложка канала

Xudoyberdi To'ychiyev

Yosh ijodkor Xudoyberdi To'ychiyevning official kanali

Xudoyberdi To'ychiyev

6 лет назад
Открыть в
​Qo'ngiroq qilaman yuragingizga…

Tutqun tuyg'ularni ozod etar tun,
Mot qilib hayotning hakamlarini.
O'tlik nafasingiz eshitmoq uchun,
Izlayman qalbingiz raqamlarini.

Ismingiz chiqadi yurak qatidan,
Ijobat istayman tilagingizga.
Ko'ksimga ilingan go'shak-g'am bilan,
Qo'ngiroq qilaman yurangizga.

Tun-bedor, men betin, tuyg'u toliqqan,
Axir o'chgani yoq tunchirog'ingiz
Bo'g'zimga savollar keladi shoshqin,
Nega band bo'ladi qo'ng'irog'ingiz?

Doim band bo'ladi qo'ng'irogingiz,
Kiprikka qo'nadi achchiq shabnamlar.
Yana kimni ado qildi dog'ingiz,
Yana kimga ayon o‘sha raqamlar?

Tunning bag'rin yorib yonaman endi,
Hajringiz yoritsin tunni bir lahza.
Ayting, men bezovta qilurman kimni,
Axir menda boshqa raqam bo'lmasa…              
Madina #𝑝𝑡𝑒𝑛𝑐ℎ𝑖𝑘
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Telegram | Instagram | You tube | Web