Kelarmikan.
Eslaganda bag'rim tilar,
Senla shirin xotiralar,
Ayt unutib bo'larmikin?
Bizdan yiroq ketgan baxor,
Yana qayta kelarmikin.
Og'ir sinov kunni boshlab
Dilda o'chmas azob tashlab
ketganini Bilarmikin?
Sog'inchlarga yakun yasab
Bizni yo'qlab kelarmikin?
Taqdir bergan Sinovlarning
Bunchalar ham keti uzun
Bizga atalgan, Biz uchun
Taqvimdagi eng go'zal kun.
Yana qayta kelarmikin.
Dilda qancha orzular bor,
Turfa o'ylar berar ozor.
Javobsiz qiynar savollar;
Baxt qushi qo'nib, shamoli,
Boshimizdan silarmikin...
📓 𝐈𝐣𝐨𝐝𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐠 - 🌐Подписаться
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Telegram | Instagram | You tube | Web