Обложка канала

Xudoyberdi To'ychiyev. Страница 4

Yosh ijodkor Xudoyberdi To'ychiyevning official kanali

  • Xudoyberdi To'ychiyev

    Rashq(Qizg'onaman)

    Bedor tunlar maxzunlikda qiynolaman,
    Shamol essa Ming hayolda o'rtonaman,
    Rashkim kelib go'zal yorim sochlarini,
    Silamasin deya undan qizg'onaman.

    Tong chog'ida ko'cha supurayotgan on,
    Ko'cha kuyda o'tayototgan yaxshi yomon,
    Havotirim boisi, qilgan parishon,
    Yorimga Ko'z tutmasin Deb to'lg'onaman.

    Asrab avaylab tun-u Kun parcha xasdan,
    Rosa tikilganda Unga Ko'z uzmasdan,
    Xox ishoning xox ishonmang ammo Rostan,
    ‌Xatto uni o'zimdan ham qizg'onaman.
    ‌
    ‌Qizg'onaman chunki judayam Sevaman,
    ‌Qalbimda u misli u siz devonaman,
    ‌balki Unga xozir mutloq begonaman,
    ‌Kun keladi visol chog'i; parvonaman.


    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    Kecha Mani sindi degan
    voy Mani akaxonlarim😏...
    ⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜
    Ushbu qo'shiqlari bilan barchamizga birdek ma'lum va mashhur bo'lgan akaxonimiz Muhammadziyodan
    ajoyib sovg'a💥
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Otamga mashina mindiray nomli taronamiz Muhammadziyo akamizni you tube kanallarida. Mashina Qulluq bo'lsin.
    Xursandman. O'z minnatdorchilimni bildirib qolaman ijodimizga e'tiborlari uchun tashakkur!
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    Havolaga yo'llanma:👇
    https://youtu.be/MU45XYvPgK8
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ​ ⛳️Yigitlik davri⛳️

    Tasodifan Bir davrada Duch bo'ldilar,
    Sa'natimizga ixlosmand akaxonlar,
    Hoy ukajon deya kulib xirom etdi,
    Davrasiga lutfan meni taklif etdi.

    So'z boshladi yonlariga olib shu chog',
    Suxbat etdi o'zlaricha berdi saboq.
    Tingla inim men sevgidan so'z boshlayin,
    Quloq solgin bir ishq qissasin aytayin.

    Yoshlik davri eng go'zal va ajib Davr,
    Sevmoq sevilmoq; Yurak alanga hovur,
    Biz ham sevdik lekin Sevgi birdek yetdi,
    Biz Istagan qizlar kelin bo'lib ketdi.

    Yurar edik talashardik o'zimizcha,
    Janjallashib qiz ustidan yo'qdi bizcha.
    O'tdi ketdi yo'q bekorga talashishlar,
    O'zga uy darhonasida kelin ular.

    Armonlarga boy estalik yurakdagi,
    va eng Shirin Eng gullagan yoshlik davri.
    So'z boshlasak senga Yana ne ham derdim,
    Shu ekan deb Yurubsanda Xudoyberdi.

    Hali yoshsan chig'anoqni ajdar deysan,
    Eslayverib Necha Bora ko'p yig'laysan;
    Dardimizga Yolg'iz faqat darmon Sharob,
    Bosiladi shu birla ishq sevgi azob.

    Bu shunchaki katta hayotga tayyorlov,
    O'sha kunga qadar Boshdan nelar o'tar,
    Yigitlikning mazmun mohiyati shunda,
    Yig'layverib ko'zlaring ham qotib ketar.
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    🧱P://s Bugun bir davrada suxbatda bo'lib qoldik. To'g'risi Suxbat judayam men uchun g'alati ta'sir qildi.
    🤷‍♂𝘘𝘢𝘳𝘢𝘯𝘨-𝘢 𝘣𝘪𝘻 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘰𝘥𝘥𝘪𝘺 𝘬𝘰'𝘳𝘪𝘯𝘨𝘢𝘯 𝘣𝘪𝘳 𝘥𝘢𝘷𝘳𝘢𝘥𝘢 𝘩𝘢𝘮 𝘬𝘢𝘵𝘵𝘢-𝘬𝘢𝘵𝘵𝘢 𝘣𝘪𝘳 𝘰𝘭𝘢𝘮 𝘺𝘰𝘵𝘢𝘥𝘪...
    𝘎𝘢𝘱𝘭𝘢𝘳𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘢𝘯𝘤𝘩𝘢 𝘵𝘢'𝘴𝘪𝘳𝘭𝘢𝘯𝘪𝘣 𝘴𝘩𝘶 𝘴𝘩𝘦'𝘳𝘯𝘪 𝘺𝘰𝘻𝘷𝘰𝘳𝘪𝘣𝘮𝘢𝘯.

    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Реклама

  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🌀#Shunchaki 🛅#DildanSuxbat

    Hayotda har narsa pulga💰 bog'liq💵.
    Tilni sayratadigan ham dilni
    yayratadigan ham💸...
    Bu iboralar qulog'imizga ko'p chalingan🙄.

    🤦‍♂Afsuski odamlar ongiga muvaffaqqiyatga, omadga, ko'zlagan maqsadlarga faqatgina Dunyoviy jihatdan erishish mumkinligi bo'lgan fikr barchada tabiiy xol.
    🙍‍♂Ammo Chinakam baxt Hayotda kuchlilarga emas🙅‍♂ haq bilan bo'lganlarga xos🧏‍♂.
    🤗Aslida siz izlagan baxtning baxosi bilsangiz bu qalbingiz.
    Xo'sh endi-chi!🙂 Nima deya olasiz.
    Siz izlaganingiz baxosiga loyiqsiz agar qalban qashshoq
    bo'lmasangiz😎.


    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🎙#Azon 🕋#Iymon

    Ba'zan xayotda har narsadan charchasam shu zaxoti qo'shiq eshetib yoki ijro etib yengil tortaman va Yana kayfiyatim kutariladi.
    Ammo shunday paytlar bo'ladiki xattoki sevimli mashg'ulotlarim tugul barcha narsa ortiqchadek tuyuladi.
    Shunday ekan shu zaxoti Azon eshetaman.
    Sizga ham ilindim.
    Judaham ajoyib honish etilgan. Eshetib taskin oling qalban poklaning.


    📓 Ijodiy blog
    - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ⛓Tobut va beshik⛓

    Aslida yog'ochdan yaralgan beshik.
    Tobut ham yog'ochtan qurilgan eshik.
    Birida dunyoga kelursan yeg'lab,
    Birida dunyodan ketursan uxlab.

    Xitobim, dunyoni bilmagin xanda.
    ALLOhga yig'lashni qilmagin kanda.
    Gunoxsiz gódakni beshik quchgandek,
    Ketarda tobut ham gunohsiz quchsin.

    🪔Xayot - 🚪Ikki eshik orasi.

    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🌷Gul iztirobi🌷

    Xuddi shunday sezganingizdek hafaman,
    Bag'rim ezib so'ramangizlar
    sababin.
    Siz Kechiring Umidvor Dil,
    ko'nglim kabi,
    Yorga yetmay qo'lda so'lgan gullarm
    🌹
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🍁#Ostona_Xatlab 🪁#Mayus

    Menku o'tib ketgum fig'on Deb chiqqin,
    Menku o'tib ketgum armon Deb chiqqan,
    Oqibat ortingda hayrat bilan boq,
    Sevgisi Otashin inson Deb chiqqin😔.

    Ostonang oldida
    armonlar qoldi🍁...
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🌼🌹🌹Assalomu alaykum!🌹🌹🌼

    Tangriga shukurki Yana bir tongni,
    yangi kunni qarshi oldik!

    O‘tayotgan har kunimiz o‘tmishga aylanib bormoqda. Unda biz turli kunlarni yashab o‘tdik - quvonchli, qayg‘uli, baxtli, iztirobli damlar... Shunday yashaylik-ki ortga nazar solganimizda bizni afsus-nadomatlar parishon qilmasin.

    Insonlarning eng yaxshisi odamlarga foydasi tegadiganidir. Shunday ekan kunimizni yaxshi niyatlar ila boshlaylik!

    Kuningiz xayrli fayzli va barakotli bo‘lsin!

    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🌹🌷🌹JUMA MUBORAK🌹🌷🌹

    Umr berdi Allohga
    shukrlar bo'lsin,
    Islomda yaratdi zikrlar bo'lsin,
    Qalbimiz ilmning nuriga to'lsin,
    Juma ayyomingiz Muborak bo'lsin
    🌸🌺🌸#JUMA_MUBORAK 🌸
    🌺🌸
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | 🌺
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    Ishq dardi

    Yuragim har zumda ishq Deb tovlanar
    Zanjirband Xis-tuyg'ular jilovlanar
    Bu oqshom uxlatmas, meni bu kecha
    Yorimning sog'inchi, yo'q ko'nglim tinchi.

    Bir bora ko'rmasam halovat nedur,
    Ovozin qumsayman maqsad bittadur,
    Vaslidin davodur, Tuyg'ular mag'rur
    Yo'qsa men telbani sog'inch o'ldirur.

    Ushbu kun bayram lek emasman sarmast
    Muhabbat dardida soginchga payvast,
    Hijronlar qalbimga bermoqda shikast,
    Hayotim zulmatda sizsiz har nafas.


    Ⓜ️ Xudoyberdi To'ychiyev
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ​ 🎊Yangi Yil Muborak🎊
    🎅
    Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
    Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
    Nurlarga bezalsin har bir o'tar chog'
    Sizga yangi kunda yangicha tilak,
    Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak.
    🛍
    Hafalik yarashmas, ranjimang Zinxor,
    Shirin Tabbassumla ko'rsatib Viqor,
    Ostonangiz uzra 4 fasl baxor,
    Sayrasin shux qushlar, giryon Kapalak
    Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak
    🎀
    Sizdanda eng baxtli inson bo'lmasin,
    Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
    Mexr muhabbatdan sira tolmasin
    Ko'ksingizda urib turgan bu yurak;
    Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak
    🎁
    Qalbingizdan yiroq bo'lsin andux g'am,
    Nogoh ko'zingizda ko'rmay sira nam,
    O'zingizni asrang mening uchun ham
    Xudoyberdidan bir samimiy tilak
    Qadrdonim yangi yil bo'lsin muborak.
    🥳
    ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🎅Assalomu alaykum!🎅
    🎏🎏🎏🎏🎏🎏🎏🎏🎏🎏🎏🎏
    Mana 2020-yilning oxirigi 31-dekabr kuniga xam yetib keldik🤗
    Kelayotgan 2021-yilda shunday baxtli boʻlinki, baxtdan qochib  omadga qoqiling🙂.
    Quvonchga suyanib turib, shodlik  soʻqmoqlaridan yuring, charchaganda mexr chashmasidan,  omad ariqlaridan suv ichib xayot yoʻllarida xushnud davom eting. 2021-yilda qadringiz  nondek aziz, qalbingiz qorday  nafis boʻlsin,  xayotda shunday  yashanki hamma sizga xavas bilan boqsin😎.
    KELAYOTGAN YANGI  YIL MUBORAK  BOʻLSIN🙂!!
    Yaqinlashib kelayotgan 2021 - yilda!!!
    Xonadonizga omad va baxt, Oilaviy quvonch va totuvlik xech qachon sizni tark etmasligini tilayman. Hamisha Allohning nazarida boʻling🤗. Dasturxoningizga fayzu baraka bersin.
    Qora qozoningiz hamisha qaynab tursin.
    Umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chexrangiz porloq boʻlsin🥳.


    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ✨Shukrona✨

    Qana qilmay boriga
    Shung'ib nafsning koniga
    Baxtim kulgan oniga.
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Tangridan qilib Ilinj,
    So'rabman ertayu kech,
    Boriga bir Bora hech
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Yertib o'tmish daftarin,
    Kim edim Kim bo'lganim,
    Afsuski unutibman
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Besh barmoq birdek emas,
    Har kun bir xilda kelmas,
    Hayot yo'li baland past
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Qalbim botganda g'amga
    Suyandim goh qalamga.
    Berilib dard alamga.
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Oqmi qora Farqlamay,
    Yo'qotganga kuyibman,
    Qo'lda borin saqlamay,
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Talashadi ikki jon
    Bag'rimda deydi vijdon
    Xudoyberdi ey nodon,
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Qana qilmay boriga
    Shung'ib nafsning koniga
    Baxtim kulgan oniga.
    Shukur qilmay qo'yibman.

    Yolg'iz tangrim imkon ber
    Qilgan gunoxim o'chir
    Men osiy bandang kechir,
    Shukur qilmay qo'yibman.

    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    🌀#Shunchaki 🛅#DildanSuxbat

    🔖Aziz obunachilarim keling sizga Bugun bir ajoyib, sal antiqaroq, ijodimda kamnamo deyarli umuman uchramagan bir haqiqat postini ulashaman. Balki sizga ham ozroq bo'lsada foydaliroqdir.

    📌Qancha imkoniyatlarim qirralari ochilgani sayin shu savollar girdobida qolaman.

    📝𝘚𝘰𝘤𝘩𝘪𝘮𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘣𝘪𝘳 𝘵𝘰𝘭𝘢𝘴𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘵𝘰𝘳𝘵𝘪𝘣,..
    𝘛𝘢𝘯𝘨𝘳𝘪𝘮𝘨𝘢 𝘴𝘩𝘶𝘬𝘶𝘳𝘬𝘪 𝘰𝘻𝘮𝘪 𝘬𝘰'𝘱𝘮𝘪 𝘳𝘪𝘴𝘲𝘭𝘢𝘯𝘵𝘪𝘳𝘥𝘪.
    𝘈𝘮𝘮𝘰 𝘴𝘩𝘶 𝘵𝘢𝘯𝘢𝘷𝘷𝘶𝘭 𝘱𝘢𝘺𝘵𝘪𝘥𝘢 𝘵𝘪𝘴𝘩𝘭𝘢𝘳 𝘰𝘳𝘢𝘴𝘪𝘨𝘢 𝘬𝘪𝘳𝘪𝘣 𝘲𝘰𝘭𝘨𝘢𝘯 𝘹𝘢𝘵𝘵𝘰𝘬𝘪 𝘣𝘪𝘳 𝘤𝘩𝘪𝘮𝘥𝘪𝘮𝘨𝘪𝘯𝘢 𝘯𝘦'𝘮𝘢𝘵 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘢𝘳𝘻𝘪𝘺𝘮𝘢𝘯𝘮𝘪, 𝘴𝘩𝘶𝘯𝘨𝘢 𝘩𝘢𝘲𝘭𝘪𝘮𝘢𝘯𝘮𝘪🙍‍♂...?
    🔎Xulosa o'zingizdan

    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Реклама

  • Xudoyberdi To'ychiyev

    📿#Zikr 🕋#Ibratvaqti

    ​Siz ishlaringizni reja qilasiz
    Alloh ularni o‘z o‘rniga qo‘yadi.

    Qo‘lingizdan kelmagan narsadan xavotirga tushasiz,
    Alloh istasa, uni yaxshilik bilan hal qiladi.

    Shunday ekan, Allohni eslang, uni O‘zi sizni himoya qiladi.

    Tilingizdan oldin, dilingiz bilan: «Men o‘z ishimni Allohga topshiraman» deng.

    Allohning zikri bilan hayotingiz albatta go‘zallashadi.

    «Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?»
    (Ra’d: 28 oyat)

    📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    𝐁𝐮 𝐡𝐚𝐲𝐨𝐭 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐠𝐚
    𝐒𝐢𝐧𝐨𝐯 𝐝𝐨'𝐬𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢𝐦
  • Xudoyberdi To'ychiyev

    ​🤍XATO🤍

    4 fasli sovvuq havo
    Ko'chalardan o'tyapmiz
    Istamasakda ammo
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Osmon zar sochar tinmay,
    Qor ham yog'di erinmay
    Bir bor ishq nima? Bilmay
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Muxabbat lov-lov yonib,
    Bir parcha qog'oz kabi,
    Ko'ngillar sekin sovub
    Yiroqlashib ketyapmiz

    Kimdan xato, aybdor kim
    sira Tushunmay qoldim
    Sababsiz bir so'zsiz jim
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Kimdan o'tdi-ki xato,
    Qaydan keldi bu balo
    Qaysi Musibat aro
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Arosatda ikkimiz
    Va muzlagan ko'nglimiz.
    ne sababli Buncha tez
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Qayda qoldi muhabbat
    Buncha ayanchli Qismat,
    Qismat bo'lmasin faqat,
    Yiroqlashib ketayapmiz.

    Rahna solgan baxt uchun
    Bu bir sinov biz uchun,
    Qolib oshiqlik burchin
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Bilmam Ko'z tegdimi-yo,
    Chetdan makr yo xiyla,
    Ayriliqni haq deya
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Maxzunlik; cho'kkallab tez,
    Jimgina qoldik ojiz,
    Va essiz, afsuski biz,
    Yiroqlashib ketyapmiz...

    4 fasli sovvuq havo
    Ko'chalardan o'tyapmiz
    Istamasakda ammo
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Osmon zar sochar tinmay,
    Qor ham yog'di erinmay
    Bir bor ishq nima? Bilmay
    Yiroqlashib ketyapmiz.

    Rahna solgan baxt uchun
    Bu bir sinov biz uchun,
    Qolib oshiqlik burchin
    Yiroqlashib ketyapmiz😔...

    Ⓜ️Xudoyberdi To'ychiyev
    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    🗓26.12.2020 01:21

    ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
    Telegram | Instagram | You tube | Web