Обложка канала

Xudoyberdi To'ychiyev

Yosh ijodkor Xudoyberdi To'ychiyevning official kanali

Xudoyberdi To'ychiyev

6 лет назад
Открыть в
✨Shukrona✨

Qana qilmay boriga
Shung'ib nafsning koniga
Baxtim kulgan oniga.
Shukur qilmay qo'yibman.

Tangridan qilib Ilinj,
So'rabman ertayu kech,
Boriga bir Bora hech
Shukur qilmay qo'yibman.

Yertib o'tmish daftarin,
Kim edim Kim bo'lganim,
Afsuski unutibman
Shukur qilmay qo'yibman.

Besh barmoq birdek emas,
Har kun bir xilda kelmas,
Hayot yo'li baland past
Shukur qilmay qo'yibman.

Qalbim botganda g'amga
Suyandim goh qalamga.
Berilib dard alamga.
Shukur qilmay qo'yibman.

Oqmi qora Farqlamay,
Yo'qotganga kuyibman,
Qo'lda borin saqlamay,
Shukur qilmay qo'yibman.

Talashadi ikki jon
Bag'rimda deydi vijdon
Xudoyberdi ey nodon,
Shukur qilmay qo'yibman.

Qana qilmay boriga
Shung'ib nafsning koniga
Baxtim kulgan oniga.
Shukur qilmay qo'yibman.

Yolg'iz tangrim imkon ber
Qilgan gunoxim o'chir
Men osiy bandang kechir,
Shukur qilmay qo'yibman.

📓 Ijodiy blog - 🌐Подписаться
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Telegram | Instagram | You tube