🤍XATO🤍
4 fasli sovvuq havo
Ko'chalardan o'tyapmiz
Istamasakda ammo
Yiroqlashib ketyapmiz.
Osmon zar sochar tinmay,
Qor ham yog'di erinmay
Bir bor ishq nima? Bilmay
Yiroqlashib ketyapmiz.
Muxabbat lov-lov yonib,
Bir parcha qog'oz kabi,
Ko'ngillar sekin sovub
Yiroqlashib ketyapmiz
Kimdan xato, aybdor kim
sira Tushunmay qoldim
Sababsiz bir so'zsiz jim
Yiroqlashib ketyapmiz.
Kimdan o'tdi-ki xato,
Qaydan keldi bu balo
Qaysi Musibat aro
Yiroqlashib ketyapmiz.
Arosatda ikkimiz
Va muzlagan ko'nglimiz.
ne sababli Buncha tez
Yiroqlashib ketyapmiz.
Qayda qoldi muhabbat
Buncha ayanchli Qismat,
Qismat bo'lmasin faqat,
Yiroqlashib ketayapmiz.
Rahna solgan baxt uchun
Bu bir sinov biz uchun,
Qolib oshiqlik burchin
Yiroqlashib ketyapmiz.
Bilmam Ko'z tegdimi-yo,
Chetdan makr yo xiyla,
Ayriliqni haq deya
Yiroqlashib ketyapmiz.
Maxzunlik; cho'kkallab tez,
Jimgina qoldik ojiz,
Va essiz, afsuski biz,
Yiroqlashib ketyapmiz...
4 fasli sovvuq havo
Ko'chalardan o'tyapmiz
Istamasakda ammo
Yiroqlashib ketyapmiz.
Osmon zar sochar tinmay,
Qor ham yog'di erinmay
Bir bor ishq nima? Bilmay
Yiroqlashib ketyapmiz.
Rahna solgan baxt uchun
Bu bir sinov biz uchun,
Qolib oshiqlik burchin
Yiroqlashib ketyapmiz😔...
Ⓜ️Xudoyberdi To'ychiyev
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
🗓26.12.2020 01:21
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Telegram | Instagram | You tube | Web