Обложка канала

Xudoyberdi To'ychiyev

Yosh ijodkor Xudoyberdi To'ychiyevning official kanali

Xudoyberdi To'ychiyev

6 лет назад
Открыть в
🌸Mahliyo🌸

Vasling dardim, jonsarak
Darbadarman yo'l halak.
Sening parvoying falak,
Bunchalar qiynama-yo,
Dilozorim mahliyo.

Jon-u jahonim o'zing,
Shirin armonim o'zing,
Kerak faqat bir so'zing,
Qalbimga boqgin qiyo,
Intizorim mahliyo.

Hur parilar ichra sen,
Ortingdan ovvora men,
To'g'risin aytsam lekin,
Senda jam ibo-hayo.
Yori jonim mahliyo.

Kel yonimga kelsang-chi,
Qalbimdan dur tersang-chi,
Ozroq rahm qilsang-chi,
Qalbimga nur soch ziyo,
Mahliyoyim, mahliyo.

Ⓜ️ Xudoyberdi To'ychiyev

P://s 🥰#Obunachilarimizga bir akaxonimizni buyurtmalariga binoan.
Omad tilaymiz😉

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
Telegram | Instagram | You tube | Web