✍Yig'ladingmi? 🎙Monolog 〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰 Sevgi kuyin chalib yurak otashinda, olis ketding xijronlarga tashlab meni Bir bor mening haqimda ham o'yladingmi? Qalbim og'rig'ini gulim angladingmi?
Xar kun bo'zlab oymomoga dardim aytdim, Yulduzlarga ohu-fig'onimni aytdim osmon uzra nidoyimni tingladingmi? Yonayotgan qalbim dardin angladingmi?
Oqshom kirdi, yog'iladilar azoblar Ko'ksimga tig' sanchaverar ma'sum dardlar, Bir-birini istab sog'inganda Qalblar, Sen bexabar qoldingmi yo bilmadingmi?
Seni bir bor ko'rmoqlikka humor dilim, Hijron yuki etib borar tilim-tilim, nigohimdan biror ma'no sizmadingmi? Unutdingmi?, Mendan ko'ngil uzmadingmi?
Sog'inch menga sabr qilmoqni o'rgatdi, Chidadim ham shuncha oy-u yillar o'tdi, hijronli tun azobidan qiynaldingmi? sen ham chekkan dardlarimni angladingmi?
Hotirangla har kun ko'zlarimni yumib, Uyqu uzra chorlab, kelar deya kutib. Sen ham mendik topolmayin sarson bo'lib Tushlaringda mening uchun uxladingmi?
Qara ko'rgin so'nayapman yulduz kabi, Chunki Yonimda sen yo'qliging sababi. Naxotki sen mensiz hayot istadingmi? Yoki kulib bildirmayin yig'ladingmi?