Birinchi Uchrashuv
Tuyg'ulari isyonkor,
Ko'zlar ko'zga to'qnashuv.
Ilk baxordan ilk ifor,
Birinchi bor uchrashuv.
Ikkimiz ham edik Jim,
Go'yoki yutgan tilin🤫
Hayajonga limmo-lim,
Birinchi bor uchrashuv.
Garchi oddiy va sodda,
So'zsiz, sukunat xatto,
Ammo qoladi yodda,
Birinchi bor uchrashuv.
Dovdirab bir so'z demoq,
Qiyin ich-ichdan titroq,
Na ketmoq bor na kelmoq,
Birinchi bor uchrashuv.
Yo'q bir Ma'no degulik,
Xuddi shunday ammo lek.
Eslashga arzigulik,
Birinchi bor uchrashuv.
Eng beg'ubor baxtli kun,
Taqdir aynan Biz uchun.
Istagan atagan kun,
Birinchi bor uchrashuv.
Eslasam nelar degim,
Kelar yig'lagim, kulgim.
Nomi "hech gapirma Jim"🤐
birinchi bor uchrashuv.
Tuyg'ulari isyonkor,
Ko'zlar ko'zga to'qnashuv.
Ilk baxordan ilk ifor,
Birinchi bor uchrashuv.
Ikkimiz ham edik Jim,
Go'yoki yutgan tilin.
Hayajonga limmo-lim,
Birinchi bor uchrashuv...
Ⓜ️ Xudoyberdi To'ychiyev