🌺#Soginch🌺
Bir bor qo'lingizni tutmasdan,
Sizga qattiq o'rganib qoldim.
Ko'rishdig-u bir zum o'tmasdan,
Sog'inchga ham ulgura oldim.
O'tayapman bag'rim ezilib,
sizsiz Yolg'iz qalbim yemrilib.
Birga yurgan yo'llar termulib
Sog'inchlarda og'rinib qoldim.
Tilim Zikr etib ismingiz
Ko'zlarimni yumsam jismingiz,
To tirikman faqatgina Siz
Sizga qattiq bog'lanib qoldim...
Qalbim qalbingizni Sezsa ham,
Malham berolmaydi she'r, kuy ham
Yonimda yo'qligingiz Alam,
Diydoringiz dardida yondim.
Yo'l-yo'lakay kelib qoldi..